«Narxi qancha?» «Bormi?»
Bir xil savollarga kuniga o'nlab marta javob berasiz.
Mahsulotlarni rasmi va narxi bilan yuklang. Mijozlar Telegram'dan chiqmasdan katalogni ko'radi, savatga soladi va buyurtma beradi.
Karta talab qilinmaydi · 15 tagacha mahsulot bepul
Bu muammolar sizga ham tanishdir:
Bir xil savollarga kuniga o'nlab marta javob berasiz.
Mahsulotlarni chatga bittadan tashlaysiz — tartibli katalog yo'q.
Yangi postlar eskisini yopadi, mijoz lentani orqaga aylantirmaydi.
Bittasiga javob berguningizcha, boshqasi raqobatchiga ketadi.
Joylaa bilan narx, rasm va qoldiq doim katalogda turadi. Mijoz o'zi tanlaydi, siz faqat buyurtmani qabul qilasiz.
Istalgan payt birining o'rniga ikkinchisiga o'tishingiz mumkin, mahsulotlaringiz saqlanib qoladi.
Bot yaratish shart emas. Do'koningiz Joylaa ilovasi ichida ochiladi — havolani ulashing, tamom.
@BotFather'da bot yarating va tokenini Joylaa'ga joylang — do'kon sizning botingiz nomidan ishlaydi.
Ikkalasi ham barcha tariflarda bor — bepul tarifda ham.
Uch qadam — va birinchi buyurtmani qabul qilishga tayyorsiz.
Nomi, logotipi va sohasini kiriting. Mini App yoki o'z botingizni tanlang.
Rasm, narx va qoldiqni kiriting. Hajm, rang yoki o'lcham bo'lsa — har biriga alohida narx.
Instagram bio, Telegram kanal va chatlarga joylang. Buyurtmalar Telegram'ingizga keladi.
Katalogdan tortib to'lov va omborgacha — bitta joyda.
Kategoriyalar, qidiruv va savat — xuddi katta marketplace'lardagidek qulay.
Hajm, rang, o'lcham — har bir variantga alohida narx va qoldiq. Istalgan soha uchun mos.
Qoldiq, sotilgan va kam qolgan mahsulotlar bitta jadvalda. Tugab qolayotganini oldindan ko'rasiz.
Mijoz buyurtmani qabul qilganda naqd yoki kartaga o'tkazma bilan to'laydi. Payme va Click orqali onlayn to'lov — tez orada.
Yangi buyurtma darhol Telegram'ga keladi: mijoz ismi, telefoni, mahsulotlar va summa.
Hududlar va narxlarni o'zingiz belgilaysiz, mijoz o'ziga mosini tanlaydi.
Foizli yoki qat'iy summali promokodlar bilan sotuvni rag'batlantiring. Mahsulotga oddiy chegirma (%) — hamma tariflarda.
Start tarifidanAksiya va yangiliklarni barcha xaridorlaringizga to'g'ridan-to'g'ri Telegram'da yuboring.
Start tarifidanBuyurtmalar, tushum va eng ko'p sotilgan mahsulotlar — qaror qabul qilish uchun raqamlar.
Biznes tarifidanMahsulot, rasm va qoldiqlar hisob tizimingizdan avtomatik ko'chadi va yangilanib turadi.
Bepul boshlang, o'sganingizda kengaytiring. Narxlar so'mda, oyiga.
Sinab ko'rish uchun
Muddatsiz
Kichik do'kon uchun
O'sayotgan do'kon uchun
Katta katalog uchun
Joylaa — Telegram ichida ishlaydigan onlayn do'kon ochish platformasi. Siz mahsulotlarni yuklaysiz, mijozlar esa Telegram'dan chiqmasdan katalogni ko'radi, buyurtma beradi va to'laydi.
Yo'q. Mahsulot qo'shish Instagram'ga post joylashdek oddiy: rasm, nom, narx. Do'kon nomini yozishingiz bilan ochiladi, mahsulotlarni keyin qo'shib chiqasiz.
Mini App'da bot yaratish shart emas — do'koningiz Joylaa ilovasi ichida ochiladi. O'z botda esa @BotFather'da bot yaratib, tokenini Joylaa'ga joylaysiz va do'kon t.me/DokoningizBot manzilida, sizning nomingiz bilan ishlaydi. Ikkalasi ham barcha tariflarda, bepul tarifda ham bor.
Hozir mijoz buyurtmani qabul qilganda — naqd yoki kartaga o'tkazma bilan — to'laydi, pul to'g'ridan-to'g'ri sizga tushadi. Payme va Click orqali onlayn to'lov tez orada qo'shiladi.
15 tagacha mahsulot, 3 ta kategoriya, Mini App yoki o'z bot, ombor va foyda hisoboti, buyurtma bildirishnomalari. Muddati cheklanmagan — xohlagancha foydalanishingiz mumkin.
Bildirishnoma darhol Telegram'ingizga keladi: mijozning ismi, telefoni, mahsulotlar ro'yxati, summa va to'lov holati.
Har qanday soha uchun: kosmetika, kiyim-kechak, oziq-ovqat, texnika, gullar va boshqalar.
Ha, istalgan vaqtda. Yillik to'lovda 20% tejaysiz. Obunani bekor qilsangiz, to'langan muddat tugagach do'kon Bepul tarifga o'tadi: mahsulotlaringiz o'chmaydi va katalogda ko'rinib turadi, faqat limitdan ortiq yangisini qo'shib bo'lmaydi.
Karta kerak emas · bepul boshlanadi
Bepul do'kon ochish